Shirer "Liverpul"ga chempionlik poygasida nima pand berishi mumkinligi haqda gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirerning fikricha, hujumchilar Sadio Mane va Muhammad Salohning Afrika Millatlar Kubogiga ketishi «Liverpul»ning Angliya Premer-ligasida g'alaba qozonish imkoniyatlariga ta'sir qilishi mumkin.
«Agar turnir bo'lib o'tadigan bo'lsa, Saloh va Mane Premer-liganing faqat ikkita o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. Ammo ularning termasi uzoqroqqa borsa, tabbiyki ular qoldiradigan o'yinlar soni ortadi. Chempionlik uchun shunday keskin kurashda Yurgen Klopp jamoasining chempionlikdan quruq qolishiga 3-4 o'yin etarli bo'lishi mumkin.
Gap o'z maqsadlari bilan o'yinning borishini o'zgartira oladigan jamoaning ikki yulduzi haqida ketmoqda. Ular bir oy davomida jamoada bo'lmasligi mumkin.
Saloh har qanday vaqtda sehr yaratishga qodir. Men uchun u ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Nafaqat to'purar, balki etakchi ham. Shuning uchun uning yo'qligi "Liverpul" uchun yo'qotish, raqiblar uchun esa yordam. Garchi Kloppda hali ham kuchli futbolchilar ko'p bo'lsa-da,» - deya Shirerning so'zlarini keltiradi BBC.
Manba: www.championat.com
Bosh sahifaga
387