Angliya liga kubogi. "Arsenal" yirik hisobda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Angliya liga kubogi doirasida "Arsenal" o'z uyida "Sanderlend"ni qabul qildi va yirik hisobda mag'lub etdi.
Bahsning 17 daqiqasida Eduard Nketia hisobni ochdi va oradan 10 daqiqa vaqt o'tib "to'pchilar" vingeri Nikolya Pepe oradagi farqni 2 taga etkazib quydi. 31 daqiqada mehmonlar oradagi farqni qisqartirishdi. 1 taym 2-1 hisobida yakuniga etdi.
Ikkinchi bo'limning boshida Nketia yana 2 bor raqib darvozasiga to'p kiritib xet-trikni rasmiylashtirdi. Uyin sungida Charli Patino Arteta boshchiligidagi jamoaning 5- golini urdi. Shu tariqa "Arsenal" o'z uyida 5-1 hisobida g'alaba qozondi.
"Arsenal" 5: 1 "Sanderlend"
Gollar: 1: 0 - 17 Nketia, 2: 0 - 27 Pepe, 2: 1 - 31 Broadhead, 3: 1 - 49 Nketia, 4: 1 - 58 Nketia, 5: 1 - 90 Patino.
Arsenal – Leno, Soares, Xolding, Uayt (Gabriel, 73), Nunu Tavares, El Nenni, Edegor (Martinelli, 73), Smit Rou (Patino, 80), Pepe, Nketia, Balogun (Jaka, 56).
"Sanderlend" - Byorj, Rayt, Flanagan, Doyl, Vinchester, Guk (Evans, 78), Pritchard, Ambleton (Obraen, 78), Nil, Brodxed (Xyum, 45), Styuart (Mbunga-Kimpioka, 90).
Ogohlantirishlar:
Guch (20), Balogun (54), Xum (60), Rayt (76), Doyl (86).

Bosh sahifaga
377