Holand jamoasini o'zgartirmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchi Erling Holandni klubda 2023 yilgacha qolishga ko'ndirmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, bir necha kun oldin Dortmund klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske 21 yoshli norvegiyalik futbolchining agenti Mino Rayola bilan uchrashgan.Holandni olib qolish uchun ular unga yiliga 14 million evro to'lashga tayyor.
21 yoshli futbolchi Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 11 o'yinda 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Norvegiyalikning shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. Transfermarkt futbolchini 150 million evroga baholamoqda.
Manba: www.championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354