"Yuventus" bosh direktori: "Hozirda ko'plab futbolchilar klubdan ko'ra o'z agentlariga sodiqroq"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Yuventus" bosh direktori Mauritsio Arrivabene himoyachi Matteys de Ligt va hujumchi Paulo Dibalaning Turin klubini tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Hozirgi kunlarda ko'plab futbolchilar klubdan ko'ra o'z agentlariga sodiqroq. Dibala "Yuventus"ning kuchli o'nligiga kiradi, De Ligt esa ajoyib himoyachi. Futbolchilar o'z ishini, klub o'z ishini qilishlari kerak. Lekin biz yaxshi tushunamiz. “Yuventus”ning ranglarini qanchalik qadrlashing haqida gapirish oson, lekin buni maydonda isbotlashing kerak. Biz De Ligt va Dibala buni maydonda isbotlashini istaymiz”, - dedi Arrivabene.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
385