Dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempionatining ilk g'oliblari aniq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Ma'lum qilganimizdek, bugun dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasida mamlakat chempionati start oldi. Reglamentga ko'ra, birinchi kun engil vazn toifasidagi dzyudochilar g'oliblik uchun bahs olib borishdi.
Qayd etish joiz, bellashuvlar bir qator kutilmagan voqeliklarga ham boy bo'ldi. Jumladan, ko'plab xalqaro musobaqalar havosini olgan Kemran Nurillaev (-60 kg) ilk davradayoq musobaqa bilan xayrlashdi. Tokio-2020 ishtirokchisi Sardor Nurillaev (-66 kg) esa bronza medali bilan cheklangan bo'lsa, Artyom Shturbabin (-66 kg) shohsupaga ko'tarila olmadi. Batafsil:
-48 kg:
1. Halima Qurbonova (Xorazm)
2. Gulnur Muratbaeva (Qoraqalpog'iston)
3. Gulhayo Jo'raeva (Qashqadaryo)
3. Maqsuda Bekjanova (Xorazm)
-52 kg:
1. Diyora Keldiyorova (Samarqand)
2. Sita Qadamboeva (Xorazm)
3. So'g'diyona Rafkatova (Xorazm)
3. Umida Jumaniyozova (Qoraqalpog'iston)
-57 kg:
1. Shukurjon Aminova (Xorazm)
2. Yoqutjon Abdurimova (Xorazm)
3. Xojar Shapoatova (Surxondaryo)
3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)
-60 kg:
1. Mirzohid Mahamadjonov (Farg'ona)
2. Dilshod Baratov (Surxondaryo)
3. Bahrom Botirov (Buxoro)
3. Otabek Otanazarov (Toshkent)
-66 kg:
1. Muhriddin Tilovov (Toshkent)
2. Rahim Subhonov (Toshkent)
3. Sardor Nurillaev (Samarqand)
3. Bobur Vajiev (Toshkent)

Bosh sahifaga
323