Yaxshiboevning jamoadoshi Braziliyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev to'p surayotgan Tiraspolning «Sherif» klubi futbolchisi Kristiano da Silva faoliyatini Braziliyaning «Fluminense» klubida davom ettirishi mumkin.
Bu haqda Explosao Tricolor nashriga «Fluminense» klubi rahbari Mario Bittenkur ma'lum qildi. Futbolchining transferi borasida taklif yuborildi.
Kristiano EChLning guruh bosqichida o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsata oldi. EChLning joriy mavsumida u to'rtta golga assistentlik qildi, xususan, «Shaxtyor» va «Real» klublariga qarshi o'yinlarda.
Avvalroq, Kristianoni Madridning «Atletiko» klubiga o'tish ehtimoli yuqoriligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Kristianogacha "Sherif" klubini Bruno, Arboleda va Kastaneda kabi tajribali futbolchilar tark etishga ulgurdi.

Bosh sahifaga
313