Rangnik Xolandni «MYu»ga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ralf Rangnik Dortmundning «Borussiya» hujumchisi Erling Xolandni jamoaga olib kelish niyatida.
Manchester Evening News nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, germaniyalik mutaxassis norvegiyalik futbolchini «MYu» tarkibida ko'rishni xohlamoqda. Yaqinda Rangnik Erlingni kelasi yilning yozida "MYu"ga olib kelish borasida otasi Alfa-Inge Xoland bilan muhokama qilishgandi.
Qayd etilishicha, Rangnikning Xolandni otasi bilan munosabatlari iliq. Ular 2018 yili Erlingni «Red Bull Zaltsburg» klubiga ko'chib o'tganida tanishishgan edi, o'shanda Rangnik «Red Bull Zaltsburg» klubi bosh direktori bo'lib faoliyat olib borardi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308