"MYu" Akinfeevga qiziqish bildirgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Moskvaning TsSKA klubi sobiq bosh murabbiyi Valeriy Gazzaevning fikricha, «harbiylar» darvozaboni Igor Akinfeev faoliyatini top-chempionatda davom ettirishga yaqin kelgan. O'z vaqtida Akinfeevning oldida faoliyatini «Manchester Yunayted» klubida davom ettirish varianti turgan.
«Akinfeev xorijga chiqib ketishga juda yaqin kelgandi, unga «Manchester Yunayted» klubidan jiddiy qiziqish bo'lgandi. Biroq, Igor – haqiqiy vatanparvar. O'ylaymanki, uning faoliyati haqidagi qabul qilgan qarori juda to'g'ri bo'lgan. Igor buyuk darvozabonlar qatoriga kirdi. Kim biladi deysiz, agar u xorijiy chempionatlarga yo'l olganida faoliyati qanday yakun topardi», - dedi Gazzaev.
Igor Akinfeev butun futbolchilik faoliyatini Moskvaning TsSKA klubida o'tkazdi. 2021/2022 yilgi mavsumda u «harbiylar» tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
292