A Seriya klubi chempionatdan chetlatilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Italiya futbolchi Federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravinaning fikriga ko'ra, «Salernitana» 31 dekabrgacha xaridor topa olmasa, A Seriyadan chetlatiladi.
Agar «Salernitana» yangi xaridor topmaydigan bo'lsa, u holda 2022 yilning 1 yanvar kuni A Seriyadan chetlashtiriladi. Umid qilamanki, ish bungacha etib bormaydi, lekin bu amalga oshmasligi ham mumkin. Salerno shahriga va klubning muxlislariga hurmatim cheksizligicha qoladi va men buni may oyida ushbu mavzu ko'tarilganida ko'rsatib qo'ydim. Men ushbu shaharga yana bir marta imkon beraman, lekin hech qanday va'da bermayman. Men boshidanoq bosib o'tgan yo'limizga yopishib oldim», — dedi Gravina Football Italia nashriga.
«Salernitana» 18 o'yindan so'ng 8 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalining 20-pog'onasini band etib turibdi.

Bosh sahifaga
409