Rasman. Afrika millatlar kubogi belgilangan vaqtda o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

Afrika futbol konfederatsiyasi prezidenti Patris Motsepe bayonot berib, Afrika millatlar kubogi musobaqasi belgilangan vaqtda o'tkazilishini ma'lum qildi.
«Men 7 yanvar kuni Kamerunga etib boraman. 9 yanvar kuni esa Kamerun va Burkina-Faso terma jamoalari o'rtasidagi ochilish uchrashuvini tomosha qilmoqchiman. Shuningdek, final bahsidan so'ng g'olib jamoaga sovrinni topshirish lahzasini kutaman.
Biz o'z xalqimiz manfaati yo'lida harakat qilyapmiz. Biz futbolni yaxshi ko'ramiz va boshqa qit'a vakillari bilan ishlashni xohlaymiz. Biz Evropa, Xitoy va Amerika bilan birga ishlamoqchimiz.
Qit'amizni rivojlantirishimiz kerak. Afrika futbolini jahondagi eng yaxshi futbolga aylantirish zarur», – dedi Motsepe.
Eslatib o'tamiz, Afrika millatlar kubogi 2022 yilning 9 yanvaridan 6 fevraliga qadar Kamerunda o'tkaziladi.

Bosh sahifaga
422