"PSJ" sobiq futbolchisi: "Leonardo bizni ahmoq qilmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jerom Roten «PSJ» hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirishi mumkin bo'lgan vaziyat haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, «PSJ» sport direktori Leonardo Mbappe bilan shartnomani uzaytirishni imkoniyati borligi haqida fikr bildirgandi.
«U nima xohlasa gapiraveradi. U bizni ahmoq deb o'ylamoqda. Agar kimdir Mbappe haqida noto'g'ri gapirayotgan bo'lsa, bilingki, u - Leonardo.
Bir yildan ortiq muddat davomida u Mbappe va uning atrofidagilar bilan keskin munosabatda bo'ldi. Bunday munosabat esa shartnomani uzaytirishni maqsad qilgan futbolchiga yoqmaydi», – dedi Roten.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
421