«Zenit» Azmunga yangi shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Rossiyaning «Zenit» klubi o'zining eronlik hujumchisi Sardor Azmunga yangi shartnoma taklif qilganligi haqida Metaratings.ru sayti xabar bermoqda.
Rossiya klubi Azmunga 4 yillik shartnoma taklif qildi, lekin futbolchi o'ylab olish uchun biroz muddat oldi.
«Zenit» Azmunning o'ylab olishi uchun yanvar oyigacha muhlat berdi. Agar eronlik futbolchi yangi shartnomaga rozi bo'lmasa, u holda "Zenit" klubi "Lion" bilan futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlaydi.
Hozircha "Zenit" va "Lion" Azmunning transferi borasida kelishuvga erishmadi. Garchi, Azmunning «Zenit» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etishiga qaramasdan, uni "Lion"ga katta pulga sotib yuborishni o'ylamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
418