"Real" Modrichning maoshini kamaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Madridning «Real» klubi o'zining xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirish niyatida.
Shu bilan birga "qaymoqranglilar" Modrichning maoshini qisqartirishni o'ylashmoqda. Ayni paytda Luka bir mavsumda 10,5 mln evro maosh olmoqda. O'z navbatida «Real» yangi shartnomaga ko'ra, futbolchiga bunday maosh to'lash niyatida emas.
Ispaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga ko'ra, «Qirollik klubi» Modrichga yiliga 8 million evro maosh ko'zda tutilgan shartnoma taklif qilmoqchi va bu bitim bir yilga mo'ljallangan. Lekin hozircha xorvatiyalik futbolchi "Real"ning bu taklifiga munosabat bildirmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
420