Ramos navbatdagi o'yinda maydonga tushadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Pari Sen-Jermen" klubining ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramos jamoasining kelasi o'yinida ham maydonga tushmoqchi, deya xabar berdi "Le Parisen".
Ma'lumotlarga ko'ra, Ramos ertaga bo'lib o'tishi rejalashtirilgan PSJ – "Loren" bahsida maydonga tushishni bosh murabbiy Maurisio Pochettinodan so'ragan. Qayd etilishicha, u o'yinga to'liq tayyor va tezroq eng yaxshi sport formasini tiklab olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli himoyachi o'tgan yozda erkin agent sifatida parijliklar safiga kelib qo'shilgan edi. U PSJ safida jami 3 o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
407