Markaziy Osiyo terma jamoalari ishtirokida «Navro'z kubogi» tashkil etiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tashkilotga a'zo mamlakatlar milliy jamoalari ishtirokida yangi musobaqa tashkil etish g'oyasini ma'qulladi.
Dushanbeda o'tkazilgan kongressda yangi turnirga "Navro'z kubogi" deb nom berildi. E'tiborli tomoni, ushbu taklif O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tomonidan berildi. Musobaqa FIFA kunlarining birida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
"Navro'z kubogi"da O'zbekiston, Eron, Afg'oniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Turkmaniston terma jamoalari ishtirok etishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387