"MYu" Kavanini qo'yib yuborish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi o'z hujumchisi Edinson Kavanini kelasi yilning yozigacha o'z safida olib qolish niyatida ekanligi haqida Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
34 yoshli urugvaylik futbolchi bilan «Barselona» shartnoma imzolash niyatida, biroq, koronavirus sababli «MYu» boshqa o'yinchilarni yo'qotishdan qo'rqmoqda va Kavanini kelasi yilning yozigacha jamoada olib qolmoqchi.
Kavanining «MYu» bilan yana bir yarim yillik shartnomasi mavjud.
Avvalroq, xorijiy nashrlar urugvaylik hujumchi «Barselona» bilan bir yarim yillik shartnoma borasida kelishuvga erishganligi haqida xabar berishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
485