"Nyukasl" endi "Inter" hujumchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Angliyaning "Nyukasl" klubi qishki transfer bozorida Italiyaning "Inter" hujumchisi Edin Djekoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Daily Mail nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, angliyaliklar bosniyalik hujumchining transferi uchun katta miqdorda mablag' sarf qilishga tayyor.
Biroq, Djeko A Seriya va EChLda ko'rsatayotgan o'yini tufayli, "Inter" "Nyukasl" tomonidan taklif etiladigan summaga rozi bo'lmasligi mumkin.
35 yoshli Djeko shu yilning yozida "Inter"ga "Roma"dan erkin agenti sifatida ko'chib o'tgandi.
Joriy mavsum Djeko "Inter" tarkibida 23 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387