"Real" "Chelsi" himoyachisini tekinga qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Madridning «Real» klubi «Chelsi» himoyachisi Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzolash niyatida. Tomonlar muzokaralarni faol olib borishmoqda. Bu haqda britaniya matbuoti xabar tarqatmoqda.
«Real» Ryudigerning transferini yozda rasmiylashtirmoqchi. O'shanda futbolchi «qaymoqranglilar» tarkibiga tekinga o'tadi, chunki, uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyida yakunlanadi.
Avvalroq, Ryudigerga «Manchester Yunayted», «Bavariya» va PSJ klublari ham qiziqish bildirishayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
292