APL vaktsinatsiya borasida statistikalarni ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

Angliya Premer-ligasi futbolchilarning 77 foizi koronavirusga qarshi vaktsinaning 2ta dozasini qabul qilganini tasdiqladi. Umumiy futbolchilar miqdorining 84 foizi esa 1 martadan emlanishga ulgurgan.
Agar klub xodimlarini ham qo'shib hisoblaydigan bo'lsak, bu natija 92 foizgacha ko'tariladi. Shuningdek, APL bundan buyon, yangi yildan boshlab, har oy yakunida vaktsinatsiya natijalarini ommaga e'lon qilib boradi.
Bunda futbolchilar va hodimlar emlanishga da'vat etiladi. Eslatib o'tamiz, kecha APL klublari yig'ilishida o'yinlar davom ettirilishi haqida kelishib olingan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294