"Chelsi" qishda "Sevilya" futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Sevilya" va Frantsiya terma jamoasi a'zosi Jyul Kunde faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
"Diario Sport" nashri xabariga ko'ra, "aristokratlar" yanvar oyidagi transferlar vaqtida Andalusiya jamoasi bilan bog'lanadi va uni sotib olishga harakat qiladi. "Chelsi" uni yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Antoni Ryudiger o'rniga munosib nomzod deb biladi.
Qayd etish joiz, himoyachiga "Chelsi"dan tashqari "Barselona" va "Real" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294