"Unga murabbiylik qilayotganimdan juda xursandman" — Tomas Tuxel
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa darvozaboni Kepa Arrisabalaga haqida fikr bildirdi. U darvozabonni yuqori baholadi:
"Kepa doimo oldinga intilgan va haqiqiy sportchi qanday bo'lishi kerakligiga yaqqol misoldir. Men unga qoyil qolaman. Chunki maydonda va mashg'ulotda u jonini berib harakat qiladi. Berilgan imkoniyatlardan esa maksimal foydalanadi. Shaxsan men unga murabbiylik qilayotganimdan juda xursandman. Ammo jamoamizda hali ham raqobat hukmron va u bilan bog'liq vaziyat o'zgarmagan".
Kepa yanvar oyida jamoani tark etish uchun asosiy nomzodlardan biri sanaladi. Unga "Latsio" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manba: football.londonFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355