"MYu" argentinalik hujumchi vakillari bilan bog'langan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Manchester Yunayted" klubi "River Pleyt" jamoasi hujumchisi yuzasidan aloqaga chiqqan. So'nggi xabarlarga ko'ra, "MYu" Argentina terma jamoasi a'zosi Xulian Alvares xaridi borasida aloqaga chiqqan.
21 yoshli futbolchi anchadan buyon Evropa jamoalari e'tiborida turgan edi. Mankunianliklar bu borada o'z raqiblari "Bavariya", "Yuventus" hamda "Atletiko"ni ortda qoldirgani aytiladi.
Alvares o'tgan mavsumda jami 46 marta maydonga tushgan. Uning hisobida 24 gol hamda 15ta assist mavjud. "River Pleyt" esa o'z futbolchisini mavsum oxiriga qadar qolishga ko'ndirish bilan band. Hujumchining bozor narxi 21 million funtni tashkil etmoqda.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356