"Barselona" dastlabki kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308

Kataloniyaliklar himoya chizig'ini kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
"AS" jurnalisti Serxio Rodrigesning ma'lum qilishicha, "Ayaks" o'ng qanot himoyachisi Nasser Mazraui va "Barselona" o'zaro dastlabki kelishuvga erishdi. Unga ko'ra, futbolchi 2022 yilning yozida "ko'k-anorranglilar" safiga erkin agent maqomida kelib qo'shiladi. Kelishuvning qolgan detallari hozircha ma'lum emas.
Qayd etish joiz, marokashlik futbolchi joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 14 o'yinda 4 gol urdi va 2 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
371