Afrika Millatlar Kubogi qoldirilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

FIFA prezidenti Janni Infantinoning so'zlariga ko'ra, Afrika Millatlar kubogini yanvar-fevral oylarida emas, balki boshqa muddatga qoldirish masalasi o'rganilmoqda.
“Endi Evropa klublari Afrika Millatlar Kubogi uchun futbolchilarni qo'yib yuborishlari kerakligini tushunishdi. Biz ishonamizki, bu turnir kengroq xalqaro oynaning bir qismi bo'lishi va yanvar-fevral oylarida emas, balki kuzda o'tkazilishi mumkin. O'z dalillarimizni muxolifatga etkazish va qaysi echim eng yaxshi bo'lishini birgalikda aniqlash juda muhim”, — deya FIFA rahbari so'zlaridan iqtibos keltirgan TASS.
Eslatib o'tamiz, Afrika Millatlar Kubogi har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan musobaqa. O'tgan yiligi turnir 2022 yil boshiga ko'chirildi va 9 yanvardan 6 fevralgacha Kamerunda o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Bosh sahifaga
360