"Lids" yangi bosh murabbiy haqida bosh qotirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Lids Yunayted" bosh murabbiyi bosim ostida qolgan. Express nashrining ma'lumotiga ko'ra, Marselo Belsa so'nggi turlardagi mag'lubiyati sababli ko'plab tanqidlarga duchor bo'lmoqda.
Uning jamoasi 2 turda jami 11ta gol qabul qilib oldi. Shu sabab klub rahbariyati murabbiyni almashtirishni o'ylay boshlagan. Qayd etilishicha, nomzodlar orasida sobiq "Barselona" ustozi Ronald Kuman hamda "Chelsi" afsonasi Frenk Lempardlar bor.
Eslatib o'tamiz, "Lids"ni hozirda xavfli hududan atigi 5 ochko ajratib turibdi. Jamoa keyingi turda "Liverpul" bilan to'qnash keladi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
384