A Seriya klubi Braziliyadan himoyachi olib keladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Korintians" himoyachisi Lukas Piton faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Torino" 21 yoshli braziliyalik futbolchiga katta qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, futbolchiga “Jenoa” va “Kalyari” klublaridan takliflar borligi ma'lum qilingandi.
2021 yilgi mavsumda Piton 21 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi, shuningdek, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 5,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
375