Gruziyalik futbolchiga APLdan asosiy nomzod nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Football Insider portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, gruziyalik futbolchi Xvicha Kvaratsxeliyaga Angliyaning «Vest Xem» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, Gruziya terma jamoasi futbolchisiga APLning bir nechta klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Manbaning yozishiga qaraganda, ularning orasida «bolg'achilar» gruziyalik futbolchiga asosiy davogar bo'lib turibdi.
Taxminlarga qaraganda, futbolchi 17 million dollar evaziga yanvar oyidayoq APLda paydo bo'ladi. Avvalroq «Rubin» o'z futbolchisi uchun 20 million dollarga yaqin mablag' talab qilayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279