Rangnik «MYu»ning eng kuchsiz chizig'ini aniqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik kuchaytirilishi kerak bo'lgan pozitsiyani aniqlab oldi.
Britaniya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, jamoaga yaxshi saviyadagi tayanch yarim himoyachisi kerak. Avvalroq Ule-Gunnar Sulsher ham shunday fikr bildirgandi.
Shu bois, «Yunayted» o'z e'tiborini Deklan Raysga qaratdi. Ammo «Vest Xem» uni 100 mln funt sterlingdan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Nisbatan arzon variant — «Leyptsig» yarim himoyachisi Amadu Aydara. Rangnik ushbu futbolchini yaxshi taniydi. Shu bois, mankunianliklar uning transferini tezda amalga oshirishlari mumkin. Aydaraning narxi taxminan 30 mln evroga teng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278