"Sho'rtan" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Boshqa klublardan farqli o'laroq, “Sho'rtan” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshladi. “Oq bo'rilar” 20 dekabrdan G'uzordagi jamoa qarorgohida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlash uchun jam bo'lishdi.
Yangi futbol mavsumida jamoa murabbiylar shtabida o'zgarishlar ro'y bergani yo'q. “Oq bo'rilar”ni hamon Asror Aliqulov boshqarib bormoqda. O'quv-yig'in mashg'ulotlarini G'uzor bolalar sport majmuasining sun'iy va tabbiiy qoplamli maydonlarida olib borish ko'zda tutilgan.
Asror Aliqulov boshchiligidagi murabbiylar guruhi, ishni 2021 yilda shakillangan “Sho'rtan” jamoasida faoliyat olib borganlar, shuningdek akademiyamizning bir qator yosh va iste'dodli tarbiyalanuvchilari hamda G'uzorning mahalliy futbolchilarini ko'rikdan o'tkazishdan boshlashdi.
O'tgan yili tarkibda to'p surgan futbolchilardan:
1. Lutfullaev Amirbek
2. Berdialiev Asilbek
3. Rahimov Roman
4. Jo'raev Shaxboz
5. Muxtorov Farzin
6. Qobiljonov Axmed
7. Sanaqulov Salohiddin
8. Buronov Sarvar
9. Tursunqulov Choriyor
10. Samaridinov Asadbek
11. Suvonov Bekzod
12. Shamsiddinov Muhriddin
Viloyat akademiya tarbiyalanuvchilari:
Bo'riev Zuhriddin, Hamraev Diyorbek, Hamraev Bobir, Olimov Ulug'bek, Junatullaev Oybek, Jonibekov Oybeklar hamda Yangier jamoasidan Xayrullaev Shoxzamon va Oq tepa vakili Shukurov Jahongirlar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.
Jamoamizdagi voqealar rivojini kanalimizda ko'zatib borishda davom eting.
“Sho'rtan” PFK matbuot bo'limi xizmati.

Bosh sahifaga
279