Gavi yangi shartnoma imzolaganidan keyin qancha bonus olishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Kataloniyaning «Barselona» klubi yaqin vaqtlar ichida o'zining 17 yoshli futbolisi Gavi bilan shartnomani uzaytiradi.
Cadena SER nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, yosh yarim himoyachi bilan yangi shartnoma 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Yangi shartnomaga ko'ra, Gavi hozir topayotgan maoshidan 100 ming evro ko'proq ishlab oladi. Bundan tashqari, yosh futbolchi yangi shartnoma imzolaganidan so'ng, 1,5 milliondan 2 million evrogacha bonus pullariga ega bo'ladi.
Gavi «Barselona» tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279