Immobilening nima sababdan "Latsio" tarkibida emasligi oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Rimning «Latsio» hujumchisi Chiro Immobile juma kuni «Jenoa»ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.
Avvalroq, 31 yoshli futbolchining oshqozoni bilan muammo yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgandi, biroq, OAV boshqa ma'lumotlarni tarqatdi.
Football Italia nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Immobilening turmush o'rtog'i Jessika koronavirusga chalingan, shu sababli, futbolchi test natijalari salbiy chiqqaniga qaramasdan, o'zini o'zi izoliyatsiyaga olgan.
Qayd etilishicha, Chiro Immobilening izolyatsiyasi 22 dekabr kuni o'z yakuniga etadi. Aynan o'sha kuni «Latsio» 2021 yilning so'nggi uchrashuvini «Venetsiya» jamoasiga qarshi o'tkazadi. Immobilening esa ushbu bahsda maydonga tushish yoki tushmasligi noma'lum.

Bosh sahifaga
282