Villian: "Arsenal"da baxtli emas edim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Angliyaning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Villian shimoliy London klubidagi yilini esladi.
«Men baxtli emasdim, shuning uchun o'ynamay qo'ygandim. Tafsilotlarga to'liqligicha to'xtalishni istamayman. Men «Arsenal»ga ko'chib o'tgan paytimda juda baxtiyor edim. Men bu erda muvaffaqiyatga erishmoqchi edim – yangi klub, yangi hamkorlar, yangi loyihalar… Biroq, oradan uch oy o'tgach, agentimga: «Iltimos, men ketishni xohlayapman» - degandim.
Klub haqida yomon gapirish niyatida emasman, chunki, "Arsenal" uzoq tarixga ega jamoa, u erda juda ko'plab martabali futbolchilar o'ynagan. Biroq, bu men uchun foyda bermadi. Bu mening faoliyatimdagi eng qiyin davrlar edi», - Villianning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.
2021 yilning yozida Villian Braziliyaning «Korintians» klubiga qaytgandi.

Bosh sahifaga
273