Shevchenko "Jenoa"ga rossiyalik futbolchini olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri «Jenoa» klubi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko «Atalanta»ning rossiyalik legioneri Aleksey Miranchukni olib kelishni xohlayotgani haqida xabar tarqatdi.
«Shevchenko o'z jamoasi tarkibiga Miranchukni olib kelmoqchi. Xavbekdan Gasperini «Atalanta»da rotatsiya futbolchisi sifatida foydalanmoqda, shu sababli, «Jenoa» rahbariyati Miranchukni ijaraga olmoqchi», — deyiladi bayonotda.
26 yoshli Miranchuk «Atalanta» tarkibiga 2020 yilning sentyabr oyi Moskvaning "Lokomotiv" klubidan ko'chib o'tgandi.
Joriy mavsum u A Seriyada 10 ta uchrashuv o'tkazib, bitta gol kiritdi va bitta golga hammualliflik qildi.
Miranchukning "Atalanta" bilan shartnomasi 2024 yili yakuniga etadi. Transfermarkt portali Miranchukning transfer narxini 13,5 million evro atrofida baholamoqda.

Bosh sahifaga
282