"Barselona"ga hujumchi taklif qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

"Internasional" hujumchisi Yuri Alberto faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Kataloniya klubiga braziliyalik futbolchining transferini amalga oshirish taklif qilingan, deb xabar beradi "Mundo Deportivo".
Oldinroq, 20 yoshli futbolchiga da'vogarlardan biri "Zenit" ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
O'tgan mavsumda hujumchi "Internasional" tarkibida barcha turnirlarda 55 o'yin o'tkazib, 19 gol va 4 golga assistentlik qilgan.
Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 31 iyuliga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali forvardning transfer narxini 6 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289