Evropa, kutib ol, seni sensatsiya kutmoqda!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1730
Xabaringiz bor, «Evro -2020» musobaqasi uchun saralash uchrashuvlari start oldi. Bugun ushbu turnirda ishtirok etishini ko'pchilik kutmagan, ammo sensatsiya qilish uchun potentsiyali etarli bo'lgan jamoalar haqida so'z boradi.
Kosovo
Bu davlatni hali butun dunyo to'liq tan olganicha yo'q, shunga qaramasdan, UEFA va FIFA 2016-yilda yangi jamoani o'z safiga qo'shdi va saralash bahslarida ishtirok etishi uchun ruhsat berdi. «Millatlar ligasi» musobaqasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan Kosova mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. Jamoa anchayin uyushqoq va kurashuvchan.
Ularning imkoniyatlarini ancha yuqori baholashmoqda. Terma jamoa tarkibida bir nechta horij klublarida o'ynaydigan futbolchilar ham mavjud. Terma jamoaning trasnfermarketdagi umumiy qiymati 45 million evroni tashkil etmoqda. Yangi jamoa uchun bu qoyilmaqom natija. Terma tarkibida «Shefild Uensdey», «Latsio», «Verder» singari klublar sharafini himoya qiluvchi futbolchilar bor ekanligi so'zimizga isbot bo'la oladi.
Jamoa joylashgan «A guruhi»qolganlariga nisbatan anchagina kuchli. 1-o'rin uchun so'zsiz Angliya kurash olib borsa, ikkinchi o'rin uchun kurash ancha jiddiy ko'rinish oladi va ushbu o'rin uchun jang olib boruvchi jamoalar :Chexiya, Bolgariya, Chernogoriya termalari safiga Kosovani ham qo'shsak, adalotdan bo'ladi. Umumiy qilib aytganda, Kosova Evropa qit'asi uchun «chaqilmas yong'oq»dek jamoa bo'lishi kutilmoqda.
Ukraina
Andrey Shevchenko boshchiligidagi Ukraina «B guruhi»da 2020-yilda bo'lib o'tadigan musobaqaga chiqish uchun kurashib ko'radi. Guruhda Portugaliya, Serbiya, Lyuksenburg, Litva termalariga qarshi bahs olib boradigan Ukraina, «Millatlar Ligasi» musobaqasida ijobiy natija ko'rsatib kelmoqda. Sheva Ukraina terma jamoasini deyarli boshqatdan qurmoqda. Jamoaning o'rtacha yoshi 23 ni tashkil etishi kishini xursand qiladi.
To'g'ri, hujumda ayrim muammolar kuzatilsada, kombinatsion o'yin evaziga Sheva bu kamchilikni bilintirmaslikka urunmoqda. Ukraina terma jamoasining transfermarketdagi qiymati 117 million evroni tashkil etadi. Ilk turda amaldagi chempionlardan ochko olgan Ukraina qolgan raqiblaridan zarracha ham cho'chimasdan maydonga tushishi aniq. G'alabaga teng durang saralash so'ngida katta ehtimol bilan Ukrainaga qo'l kelishi mumkin.
Bosniya va Gertsogavina
Tarkibida Piyanich, Beshich, Djeko, Begovich singari super yulduzlari bor jamoa bu saralashda hammani hayratda qoldirishi hech gap emas. Italiya guruhdagi eng nomdor jamoa bo'lsada, birinchi o'rin uchun asosiy da'vogar Bosniyaliklar bo'lib turibdi. Jamoa yaxshi shakllangan va o'z etakchilariga ega. Yuqorida nomi kletirligan futbolchilardan tashqari Turkiya super ligasida fantastik mavsumni o'tkazayotgan Edin Vishcha raqiblari uchun anchagina bosh og'riq bo'ladigan futbolchi. Bu terma, nafaqat, evro saralash bosqichida, balki qit'a chempionatida ham sensatsiyani ko'rsatishi hech gap emas. Jamoaning «Millatlar Ligasi»da ham ishlari chakki ketmayapti. Bosniyaliklar ikki turnirdan biridagi imkoniyatdan foydalanib, «Evro-2020» musobaqasida ishtirok etishlari kundek ravshan.