Norvegiyalik gandbolchilar jahon chempionligini qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Ispaniyada ayollar o'rtasida gandbol bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etdi. Unda Norvegiya terma jamoasi o'z tarixida to'rtinchi bor chempionlikni rasmiylashtirdi.
Hal qiluvchi bellashuvda skandinaviyaliklarga amaldagi Olimpiada chempioni Frantsiya termasi raqiblik qildi. Norvegiyaliklarning ustunligida o'tgan bahs ularning 29:22 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchinchi o'rin uchun kechgan kurashda Daniya mezbonlarni 35:28 hisobida dog'da qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jahon chempionatida o'z tarixida ikkinchi bor O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etib, 30-o'rinda musobaqani yakunlagan edi.
Musobaqaga oid boshqa statistikalar:
Eng yaxshi to'purar: Natali Xagman (Shvetsiya) – 71 gol
Eng yaxshi darvozabon: Alteya Reynxard (Daniya) – 71 (seyv) / 141 (zarba)
Eng yaxshi assist: Patrisia Kovash (Avstriya) – 46 uzatma
Eng yaxshi blogchi: Layn Xaugsted (Daniya) – 19 zarba

Bosh sahifaga
400