Rayola Xolandning "Barselona"ga o'tish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Dortmundning «Borussiya» hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola o'z mijozini «Barselona»ga o'tish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Xoland «Barselona»da paydo bo'lishi mumkinmi? U istalgan klub tarkibida paydo bo'lishi mumkin. Lekin bizning hech bilan og'zaki kelishuvimiz yo'q. Garchi, «Barselona»da hozir vaziyat biroz yomon bo'lishiga qaramasdan, ular hamisha dunyoning eng yaxshi klubi bo'lib qoladi. Kataloniyaliklar yirik transferlarni amalga oshirishga qodir jamoa. "Barselona" avvalgi holatiga qaytish uchun 1 yoki 2 yil kerak bo'ladi», — dedi Rayola Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
403