"Manchester Siti" A Seriyadan markaziy hujumchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Aftidan Angliyaning «Manchester Siti» klubi o'ziga markaziy hujumchi topdi.
Todofichajes nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Fiorentina»ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovichni o'z jamoasiga olib kelmoqchi. Vlaxovich ayni paytda Italiya A Seriyasining to'purari bo'lib turibdi.
21 yoshli futbolchiga talablar ortib bormoqda. «Manchester Siti»dan tashqari, serbiyalik hujumchiga «PSJ», «Yuventus», «Milan», «Tottenxem», «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Nyukasl» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Avvalroq, «Fiorentina» Dushanni 100 million evrodan kam bo'lmagan mablag' evaziga qo'yib yuborishi mumkinligini bildirgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389