"Barselona"ning rejalariga kirmayotgan futbolchiga "Bavariya" xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Kataloniyaning «Barselona» himoyachisi Serdjino Dest kelasi yilgi mavsumni «Bavariya» tarkibida o'tkazishi mumkin. Nemis klubi AQShlik futbolchi bilan shartnoma imzolash variantlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Fichajes xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, 21 yoshli Dest «Barselona»ning talablariga mos kelmayapti, «Bavariya» ustozi Yulian Nagelsmann esa o'ng qanot himoyasiga hujumkor futbolchini qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Dest o'tgan yilning oktyabr oyida «Ayaks» klubidan 21 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsum AQShlik futbolchi La Liga doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga hammualliflik qildi. Destning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yili yakuniga etadi. Transfermarkt portali Destning transfer narxini 30 million evro atrofida baholamoqda.

Bosh sahifaga
399