"Barselona" imkon qadar tezroq bu ishni yopmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani va “Manchester Siti”dan Ferran Torresni imkon qadar tezroq sotib olishni rejalashtirmoqda. Ikkala futbolchi ham klub qiziqishlari doirasida.
21 yoshli Ferran Torres 2020 yilning avgust oyidan buyon "Manchester Siti"da to'p surmoqda. Bu mavsumda ispaniyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 2ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining shartnomasi 2025 yilda tugaydi, Transfermarkt Torresni 50 million evroga baholamoqda.
34 yoshli Kavani 2020 yilning kuzida “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylangan edi. Urugvaylik futbolchi Premer-liganing beshta o'yinida bitta gol urgan. Kavanining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Futbolchi ingliz jamoasi bilan shartnomani bekor qilishi va erkin agent sifatida 'Barselona"ga o'tishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Bosh sahifaga
396