Paxtakor U-21 jamoasida o'ynagan futbolchilar ko'rsatkichlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

Birinchilikda ikkinchi o'rinni egallagan U-21 jamoasi tarkibida mavsum davomida 41 nafar futbolchi maydonga tushirildi.
Oybek Usmonxo'jaev asosan akademiya tarbiyalanuvchilarining o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga e'tibor qaratdi. Mavsum mobaynida U-18 jamoasidan ko'plab futbolchilar yoshlar jamoasi safida maydonga tushishdi. Ba'zan asosiy tarkib o'yinchilari ham jarohatdan tiklanish va o'yin ritmini qaytarish maqsadida ushbu jamoaga jalb etildi. Eng ko'p bahsda ishtirok etgan futbolchi Abbos Ergashboev bo'ldi. Uning hisobida 23 uchrashuv va 11 gol mavjud. Shahzod Rahmatullaev 22 bellashuvda tushirilgan bo'lsa, Po'latxo'ja Xoldorxonov 21 o'yinda qatnashib, 11 gol muallifiga aylangan. Abbos Fayzullaev va Rustam Turdimurodov 6tadan to'p kiritib, jamoaning navbatdagi to'purarlari qatoridan joy olishgan.
Manba: Paxtakor matbuot xizmati
Bosh sahifaga
397