Tezkor! Igor Sergeev Rossiya chempionatida o'ynashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Qozog'istonning “Tobol” klubi va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Rossiya chempionatiga o'tishi mumkin.
28 yoshli legionerimizga RPLning “Ximki” klubi qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer qiymati 1,7 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Sergeev "Tobol" bilan Qozog'iston Premer-ligasi chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Igor O'zbekistonning “Paxtakor”, Xitoyning «Beyjing Goan», BAAning “Al-Zafra” va Qozog'istonning “Aktobe” klublarida to'p surgan. O'zbekiston chempionatining eng yaxshi to'purari (2015). Igor hisobida O'zbekiston terma jamoasi safidagi 58 o'yinda 15 gol bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308