"Chelsi" futbolchisi Ukrainaga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

Ukrainaning «Shaxtyor» klubi Londonning «Chelsi» yarim himoyasisi Kenediga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
UOL nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, yarim himoyachining xizmatlariga donetskliklar bosh murabbiyi Roberto De Dzerbining shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.
Ayni paytda Kenedi faoliyatini Braziliyaning «Flamengo» tarkibida ijara asosida davom ettirmoqda. Transfermarkt portali 25 yoshli braziliyalik futbolchining narxiri 7 million evro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsum Kenedi 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritdi va bitta golga hammualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314