"Barselona" bilan qishda xayrlashadigan to'rt nafar futbolchi nomi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi qishki transfer oynasida jamoani tark etadigan to'rt nafar futbolchini tanladi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Ispaniya jamoasi maoshlarni qisqartirmoqchi.
Avvalo, "Barselona" "Sevilya"dan ijaraga olingan hujumchi Lyuk de Yong bilan xayrlashmoqchi.
Agar klub forvard uchun boshqa jamoa topmasa, kataloniyaliklar futbolchini muddatidan oldin qaytargani uchun "Sevilya"ga jarima to'laydi. Shuningdek, yarim himoyachi Filippe Koutinoning yuqori maoshi va jamoa taktikasiga to'g'ri kelmaydigan o'yini sabab uni ham qo'yib yuborish rejalashtirmoqda.
Himoyachi Samuel Umtiti va darvozabon Neto - Xavi qishki transfer oynasida xayrlashmoqchi bo'lgan yana ikki futbolchi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
352