Germaniya chempionati bahsi ilk marta irqchilik tufayli bekor qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Germaniyaning uchinchi divizioni 20-turidan o'rin olgan «Duysburg» va «Osnabryuk» jamolari o'rtasidagi uchrashuv to'xtab qoldi.
Bunga mehmonlar hujumchisi Aarona Opokaning sha'niga qarata aytilgan irqchilik hayqiriqlari sabab bo'ldi, deya xabar tarqatdi "The Guardian".
Manbaga ko'ra, bosh hakam Nikolas Vinter dastlab o'yinni to'xtatgan bo'lsa, biroz vaqtdan keyin uchrashuv to'liq bekor qilindi. Boisi, «Osnabryuk» o'yinni davom ettirishdan bosh tortdi.
Ushbu qoidabuzar qo'lga olinib, politsiya idorasiga yuborilgan. O'yinning taqdiri borasida hali qaror qabul qilinmadi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Germaniyada futbol bahsi irqchilik tufayli ilk marta bekor qilingan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281