Dzyudo. O'zbekiston chempionati oldidan muhim masala ko'rib chiqildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

Xabaringiz bor, 21-23 dekabr kunlari poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.
Kecha yilning so'nggi musobaqasi oldidan Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) referi direktori Armen Bagdasarov mamlakat chempionati hakamlari uchun xalqaro seminar o'tkazdi.
Unda gruziyalik IJF referisi Vladimir Nutsubidze, IJFda faoliyat yuritayotgan yana bir hamyurtimiz Abdulla Murodov ishtirok etdi.
Shuningdek, seminarda olimpiya toifasidagi o'zbekistonlik xalqaro hakamlar Ramziddin Saidov, Vyacheslav Pereteyko, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hay'ati raisi Bahodir Uzakbergenov hamda chempionat bellashuvlarini boshqari uchun taklif etilgan referilar qatnashdi.

Bosh sahifaga
349