"Milan" qoniqarsiz natijalar qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85

A Seriyaning 18-turida “Milan” “Napoli”ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Murabbiy Stefano Pioli shogirdlari qatorasiga uchinchi o'yinda g'alaba qozona olmayapti.
Avvalroq, "Milan" Chempionlar ligasida "Liverpul"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Shuningdek, A seriyada "Udineze" bilan durang o'ynagan (1:1).
Ayni vaqtda “Milan” 39 ochko bilan A Seriyada uchinchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rinda "Napoli" ham 39 ochkoga ega, "Inter" esa 43 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325