"Roma" "Atalanta" yarim himoyachisi uchun 10 million evro taklif qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"Atalanta" yarim himoyachisi Remo Freyler qishki transfer oynasida "Roma" safiga borib qo'shilishi mumkin. Rimliklar shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan shveytsariyalik futbolchi uchun yanvar oyida 10 million evro taklif qilishga tayyor. Bu haqda "Calciomercato" xabar berdi.
"Roma" Froylerning Bergamo klubi bilan shartnomasi tugashini kutmoqchi emas. Ular yarim himoyachi bilan yanvardayoq shartnoma imzolamoqchi.
Eslatib o'tamiz, Froyler "Atalanta"da 2016 yilning yanvaridan beri o'ynab kelmoqda,
Joriy mavsumda shveytsariyalik futbolchi Italiya A seriyasining 13ta uchrashuvida maydonga tushib, bir gol urdi. Shuningdek, u UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining oltita o'yinida gol va golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: Championat.com
Bosh sahifaga
338