“Liverpul” hujumchisiga A seriya va APL klublaridan taklif tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Joriy mavsumda “Liverpul” hujumchisi Divok Origi Yurgen Klopp qo'l ostida kamroq o'yin o'tkazmoqda. Natijada klub va futbolchi belgiyalik o'ziga yangi jamoa topishi kerak degan fikrga kelishdi.
Katta ehtimol bilan, forvardning transferi yanvar oyida amalga oshadi - bir vaqtning o'zida A seriyaning bir nechta jamoalari Divok uchun kurashmoqda, endi esa kurashga “Vest Xem” ham qo'shildi, deb yozadi “Daily Express” nashri. Bundan tashqari, tomonlar muzokaralarning dastlabki bosqichini amalga oshirishga muvaffaq bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, “Vest Xem” jamoasida markaziy hujumchilar, aniqrog'i jamoa etakchisi Maykl Antonioga sherik etishmasligidan qiynalmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369