"Roma" Shomurodovga yana bir jiddiy raqobatchi olib keladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

"Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Il Romanista" nashri ma'lum qilishicha, "bo'rilar" ustozi Joze Mourino 25 yoshli angliyalikning xizmatlariga shaxsan o'zi qiziqmoqda.
Qayd etilishicha, Mourino muzokaralarda avvalroq “Chelsi”da o'ynagan Temmi Abraxamning yordam berishini istamoqda. Forvard o'zini Italiyada sinab ko'rishga tayyor.
Hujumchining transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 17 ta o'yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363